О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan, Yangiqо‘rg‘on tuman elektr ta’minoti ishchi-xodimlari tomonidan "Ma’shal" mahalla fuqarolar yig‘inidagi "Ma’shal-2" va "Mustaqillik" kо‘chasiga 2,1 km elektr uzatish tarmog‘i qurish rejalashtirilgan edi.
Hozirga qadar, hududda 97 dona temir-beton tayanchlari о‘rnatilgan bо‘lib, hozirgi kunda yangi zamonaviy SIP kabellari tortish ishlari bajarilmoqda.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati.