O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Toshloq tumanining "Xo‘ja ariq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududining elektr ta’minoti yaxshilanmoqda.
Hususan, hududga 80 dan ortiq yangi temir-beton tayanchlari olib kelib o‘rnatildi hamda 3,0 km uzunlikda yangi elektr uzatish tarmog‘i qurib bitkazildi.
Bundan tashqari, loyiha asosida hududdagi 559-sonli transformator punktiga qo‘shimcha quvvati 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti o‘rnatilib, mutaxassislar tomonidan ayni vaqtda montaj ishlari olib borilmoqda.
"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati.