ALOQA UCHUN

ENERGETIKLARIMIZ MUNOSIB TAQDIRLANDILAR

Bugun, 27 yanvarda "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi topshirig‘iga asosan, joriy yil yanvar oyi boshida mamlakatimizda kuzatilgan anomal sovuq ob-havo sharoitida elektr energetikasi tizimida sodir bо‘lgan avariyali holatlarni tezkor bartaraf etish, ta’minotni tiklashda jonbozlik kо‘rsatgan energetiklarimiz munosib taqdirlandilar. 

Xususan, poytaxtimiz hududlarida elektr energiyasi barqarorligiga erishish, aholi murojaatlari asosida ishlarni tezkor tashkil etish maqsadida respublikamiz hududlaridan safarbar qilingan soha fidoyilari xizmatlari alohida e’tirof etilib, ularga “Tashakkurnoma” va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 27.01.2023
  • 796
Sayt xaritasi