DIQQAT, E’LON!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda Yig‘ma axborot tahlil va strategik rivojlanish Departamentiga 2 nafar yetakchi mutaxassis lavozimi uchun о‘tkazilgan tanlov yakunlanganligini ma’lum qilamiz.
Tanlov jarayonlari amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, ochiq va shaffof tarzda о‘tkazildi.
Nomzodlarni saralash, individual suhbat jarayonida ularning kasbiy tayyorgarligi, amaliy tajribasi, qonunchilikka oid, xususan sohaga oid bilimlari, faoliyat davomida erishgan shaxsiy yutuqlari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini rivojlantirishga qaratilgan takliflar, siyosiy savodxonligi, mantiqiy va tahliliy fikrlash qobiliyatlari о‘rganildi.
Tanlovning individual suhbat jarayonlariga kо‘ra quyidagi nomzodlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan e’lon qilingan bо‘sh lavozimga ishga qabul qilish uchun tavsiya etildi:
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
2 nafar (2 ta vakant) yetakchi mutaxassis:
1. Abdurazzaqov Abdulatif Sherzod о‘g‘li
2. Pardayev Abdumalik Abdimurod о‘g‘li
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yig‘ma axborot tahlil va strategik rivojlanish Departamentining 2 nafar yetakchi mutaxassis lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ishga qabul qilinadi.