«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BО‘SH ISH О‘RINLARIGA TAKLIF ETADI
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ “Korporativ munosabatlar boshqarmasi”da mavjud bo’sh ish o’rinlariga tanlov asosida quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar doimiy ishga taklif etiladi:
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ “Korporativ munosabatlar boshqarmasi” Bosh mutaxassisi
Lavozim majburiyatlari:
Jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalarga korporativ boshqaruv, qimmatli qog'ozlar masalalari bo'yicha metodologik va amaliy yordam ko'rsatish;
Korporativ boshqaruv, qimmatli qog'ozlar va mulkchilik masalalari bilan bog’liq ishlar bo'yicha masalalarni qonunchilik doirasida kurib chiqish va tegishli takliflarni tayyorlash;
Korporativ boshqaruv va qimmatli qog'ozlar masalalari bo’yicha jamiyat va uning tarkibidagi korxonalar ko’rsatkichlarini xisobga olish va tegishli xisobot loyihalarini tayyorlash;
Qimmatli qog'ozlar bozori soxasidagi vakolatli davlat idoralari va Korxonaning aksiydorlari hamda Kuzatuv kengashi a’zolari bilan amaldagi qonunchilik doirasida xamkorlik olib borish;
Jamiyat va tizim korxonalarini rivojlantirish bо‘yicha strategiyalar va dasturlarni ishlab chiqishda Jamiyatning aloqador bо‘linmalari bilan birgalikda qatnashish;
Jamiyatning Korporativ boshqaruv va qimmatli qog'ozlar chiqariluvi sohasiga oid xujjatlarini ishlab chiqish va yuritish hamda qimmatli qog'ozlar bo'yicha ichki xujjatlar aylanishini ta'minlaydi, shu jumladan:
xujjatlar va yozishmalarni tayyorlash va olish;
hisobotlar va ma’lunotlarni tayyorlash.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, jamiyat rahbariyatining topshiriq va kо‘rsatmalari ijrosini ish faoliyati doirasida о‘z muddatida sifatli bajarish, shuningdek ijro intizomiga qat’iy amal qilish;
Korrupsion harakatlarni sodir etilganligiga, о‘zi guvoh bо‘lgan korrupsion holatlar tо‘g‘risida rahbariyatga о‘z vaqtida xabar berish;
Ahloq va mehnat muhofazasi, yong‘in va elektr energiya xavfsizligi qoidalariga hamda jamiyatning belgilangan ichki tartib qoidalariga amal qilish;
о‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni tо‘g‘ri va samarali bajarish.
Nomzodlarga talablar:
iqtisod, moliya, yuridik, mutaxassisliklari bо‘yicha oliy ma’lumotga egaligi va korporativ munosabatlar yoki qimmatli qog’ozlar sohasida 1 yildan kam bо‘lmagan ish stajiga ega bo’lishi;
moliya, iqtisodiyot, energetika hamda korporativ munosabatlar va qimmatli qog’ozlar bilan bog‘liq boshqa sohalarda yetarli bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishi;
Sohaga ilg‘or jahon tajribasi, innovatsiyalar va boshqa turdagi yangi g‘oyalarni tadbiq etish qobiliyati va ushbu takliflarni prezentatsiya shaklida taqdimot qilish kо‘nikmalari mavjud bо‘lishi;
kompyuterda ishlashni mukammal bilish (MicrosoftOffice, Excel, Word, PowerPoint, Internet va boshqa dasturlar);
ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va o‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmalariga
ega bo‘lish;faoliyat bo‘yicha xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;
uzbek tuli, rus tili hamda ingliz tili (boshqa) xorijiy tillarni yaxshi bilishi yuqori baholanadi.
Ish haqi kelishilgan holda belgilanadi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.
Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
1. Hujjatlar qabuli;
2. Arizalar va hujjatlarni ko‘rib chiqish va baholash;
3. Individual suhbat.
Tanlovda ishtirok etish uchun:
Talabgorlar (info@het.uz) pochta manziliga kerakli hujjatlarni (obektivka (tel. raqam), pasport, diplom va uning ilovalari) yuborishi lozim.
Tanlovning har bir bosqich natijasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-sayti sahifalarida e’lon qilib boriladi.
Hujjatlarni topshirish 2022 yil 23 dekabrga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: +998-78-150-75-60.