ALOQA UCHUN

«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BО‘SH ISH О‘RINLARIGA TAKLIF ETADI

«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BО‘SH ISH О‘RINLARIGA TAKLIF ETADI

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Yig’ma axborot tahlil va strategik rivojlanish Departamentida mavjud bo’sh ish o’rinlariga tanlov asosida quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar doimiy ishga taklif etiladi:

2 nafar yetakchi mutaxassis

Lavozim majburiyatlari:

Jamiyat faoliyatiga oid bо‘lgan barcha turdagi ma’lumotlarni yig‘ish, jamlash, umumlashtirish va ular asosida tahliliy materiallar tayyorlash;

Sohani rivojlantirishga qaratilgan konsepsiya va rivojlanish strategiyasini amalga oshirish;

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, jamiyat rahbariyatining topshiriq va kо‘rsatmalari ijrosini
ish faoliyati doirasida о‘z muddatida sifatli bajarish, shuningdek ijro intizomiga qat’iy amal qilish;

bо‘linmalardan qabul qilib olingan sohaga oid material va tahliliy ma’lumotlar bazasini davriy yangilanishini ta’minlash;

Korrupsion harakatlarni sodir etilganligiga, о‘zi guvoh bо‘lgan korrupsion holatlar tо‘g‘risida rahbariyatga о‘z vaqtida xabar berish;

Ahloq va mehnat muhofazasi, yong‘in va elektr energiya xavfsizligi qoidalariga hamda jamiyatning belgilangan ichki tartib qoidalariga amal qilishi;

о‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni tо‘g‘ri va samarali bajarishi;

 faoliyatga tegishli boshqa masalalar.

Nomzodlarga talablar:

iqtisod, moliya, texnik (elektr energiyasi tarmoqlari bo’yicha) mutaxassisliklari bо‘yicha oliy ma’lumotga egaligi;

moliya, iqtisodiyot, energetika bilan bog‘liq va boshqa sohalarda yetarli bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishi;

Sohaga ilg‘or jahon tajribasi, innovatsiyalar va boshqa turdagi yangi g‘oyalarni tadbiq etish qobiliyati va ushbu takliflarni prezentatsiya shaklida taqdimot qilish kо‘nikmalari mavjud bо‘lishi;

kompyuterda ishlashni mukammal bilish (MicrosoftOffice, Excel, Word, PowerPoint, Internet va boshqa dasturlar);

ma’lumotlarni, hisobotlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, g‘oyaviy ijodkorlik, jamoa bilan va o‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmalariga
ega bo‘lish;

faoliyat bo‘yicha xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;

rus tili hamda ingliz tili (boshqa) xorijiy tillarni mukammal bilishi yuqori baholanadi.

Ish haqi kelishilgan holda belgilanadi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.

 Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

 1. Hujjatlar qabuli (arizalar va hujjatlarni ko‘rib chiqish);

2. Individual suhbat.

 Tanlovda ishtirok etish uchun:

Talabgorlar quyida berilgan pochta manziliga kerakli hujjatlarni (obektivka (tel. raqam), pasport, diplom va uning ilovalari, mehnat daftarchasi va boshqalar) yuborishi lozim.

Dastlabki saralash bosqichidan o‘tgan nomzodlar bilan test sinovlari o‘tkaziladi va 70 foizdan yuqori natijaga erishgan xodimlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Tanlovning har bir bosqich natijasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-sayti (het.uz), Telegram  va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Hujjatlarni topshirish 2022 yil 16 dekabrga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: +99893-505-41-15, +99890-978-78-77. Hujjat topshirish uchun pochta manzili: yatb.res@umail.uz

Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

 1. Hujjatlar qabuli (arizalar va hujjatlarni ko‘rib chiqish);

2. Individual suhbat.

Tanlovda ishtirok etish uchun:

Talagorlar quyida berilgan pochta manziliga kerakli hujjatlarni (obektivka (tel. raqam), pasport, diplom va uning ilovalari, mehnat daftarchasi va boshqalar) yuborishi lozim.

Dastlabki saralash bosqichidan o‘tgan nomzodlar bilan test sinovlari o‘tkaziladi va 70 foizdan yuqori natijaga erishgan xodimlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Tanlovning har bir bosqich natijasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-sayti (het.uz), Telegram  va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Hujjatlarni topshirish 2022 yil 16 dekabrga (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: +99893-505-41-15, +99890-978-78-77. Hujjat topshirish uchun pochta manzili: yatb.res@umail.uz

 

  • 09.12.2022
  • 1263
Sayt xaritasi