ALOQA UCHUN

DIQQAT, E'LON!

DIQQAT, E'LON!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat xizmati bosh mutaxassisi lavozimiga o‘tkazilgan tanlov yakunlanganligini ma'lum qilamiz.

Tanlov jarayonlarining har bir bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son Qaroriga hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, ochiq va shaffof tarzda o‘tkazildi.

Nomzodlarni saralash, test va individual suhbat jarayonida ularning kasbiy tayyorgarligi, amaliy tajribasi, qonunchilikka oid, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari, faoliyat olib borayotgan sohadagi shaxsiy yutuqlari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini rivojlantirishga qaratilgan takliflar, siyosiy savodxonligi, mantiqiy va tahliliy fikrlash qobiliyatlari o‘rganildi.

Tanlovning test sinovlari va individual suhbat jarayonlariga ko‘ra quyidagi nomzod “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan e'lon qilingan bo‘sh lavozimga ishga qabul qilish uchun tavsiya etildi:

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Bosh mutaxassis:

Nazarov Shaxzodbek Ozodbek o‘g‘li
 
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat xizmati bosh mutaxassis lavozimiga tavsiya etilgan nomzod lavozim talablari va amaldagi mehnat qonunchiligiga asosan ishga qabul qilinadi.
 
Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: +99878 150 75 61.

  • 06.12.2022
  • 726
Sayt xaritasi