YASHNOBOD HAMDA YUNUSOBOD TUMANLARINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILADI
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati xabar berishicha, ertaga, 01-noyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod hamda Yunusobod tumanlaridagi aholi yashash xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida elektr energiyasi soat 08:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik oʻchiriladi.
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida,
Yashnobod tumanining:
«Aviasozlar» dahasi 4-mavzesidagi Aviasozlar, Beshariq ko`chasi, 1 dan- 53-gacha bo`lgan ko`p qavatli aholi yashah xonadonlari, 204- va 244-sonli o`rta ta`lim maktablari, 481, 405, 435-sonli MTM, avtoservis «Avtoritet», Yashnobod tuman prokroturasi binosida;
Yunusobod tumanining:
«Kulol-qo’rgon» MFY hamda Yunusobod 12 hamda 15-mavzelarining qisman hududlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchiriladi.
Xabaringiz bor, tuman elektr ta’minoti korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish, joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Shu sababli ma’lum hududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Ayni vaqtda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi tuman elektr taʼminoti korxonalari say-harakati bilan bu kabi holatlarni bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, hududlarda tezkor chiqish brigadalari tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Bularning barchasi aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan, albatta.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.