TOSHKENT SHAHRIDA SAYYOR QABULLAR O'TKAZILMOQDA
Xabaringiz bor, Toshkent shahrida aholi bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish bo`yicha hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni «mahallabay» o'rgangan holda joyida, tezkor hal etish maqsadida, Xalq qabulxonalari, uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish va energetika kompleksidagi vazirliklar, sektorlar, idoralar, shahar-tuman hokimliklari va hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar o'tkazilmoqda.
Toshkent shahar Sergeli tumanida o'tkazilgan ana shunday ommaviy sayyor qabulda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ rahbariyati va mas'ul xodimlari tomonidan iste'molchilarning elektr energiyasi ta'minotiga doir murojaatlari o'rganildi.
Xususan, kelib tushgan murojaatlar atroflicha o'rganilib, joyida malakali xodimlar ishtirokida ularni qanoatlantirish choralari ko'rildi.
Mamlakatimizda o'tkazilayotgan ana shunday sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etish, shuningdek, xalq bilan hamnafas bo'lish imkonini bermoqda.
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.