ALOQA UCHUN

“DO’STLIK” VA “IBRATLI” MAHALLALARIDA YANGI ELEKTR UZATISH TARMOQLARI QURILDI

“DO’STLIK” VA “IBRATLI” MAHALLALARIDA YANGI ELEKTR UZATISH TARMOQLARI QURILDI

“Sirdaryo HETK” AJ tomonidan aholi hamda ulgurji iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, Davlat dasturlarida kо‘rsatilagan chora-tadbirlarni о‘z vaqtida bajarish maqsadida, belgilangan vazifalar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Viloyat bo'ylab elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurish, transformator punktlarining quvvatini oshirish ishlari Guliston shahrining “Do’stlik” va “Ibratli” mahallalarida ham davom etmoqda. Bu mahallalar hududiga 217 dona temir-beton tayanchlar, 1 dona transformator punkti o’rnatilib,  11 km 400 metr uzunlikda yangi elektr uzatish tarmoqlari qurildi.

Shuningdek “Do’stlik” va “Ibratli” mahallalarida 24 dona transformator punktlari va 32 km elektr uzatish tarmoqlari joriy va mukammal ta’mirdan chiqarildi.

Bu ishlar yakunida 4 500 dan ortiq aholi xonadonlariga sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 19.09.2022
  • 709
Sayt xaritasi