HURMATLI “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ AKSIYADORI!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ushbu bilan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 martdagi 126-son qarori va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Yagona aksiyadorining 2022 yil 29 avgustdagi 4 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yil 12 oktabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Osiyo kо‘chasi, 8-uy manzili (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ma’muriy binosi)da “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda ushbu Jamiyatga qо‘shib olinayotgan 12 ta hududiy elektr tarmoqlari korxonalari aksiyadorlarining qо‘shma umumiy yig‘ilishi о‘tkazilishi tо‘g‘risida xabardor qiladi.
Aksiyadorlarni (ularning vakillarini) rо‘yxatga olish 2022 yil 12 oktabr kuni soat 10:30 dan – 11:00 gacha amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning qо‘shma umumiy yig‘ilishi 2022 yil 12 oktabr kuni soat 11:00 da boshlanadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda ushbu Jamiyatga qо‘shib olinayotgan 12 ta hududiy elektr tarmoqlari korxonalari aksiyadorlarining qо‘shma umumiy yig‘ilishi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda ushbu Jamiyatga qо‘shib olinayotgan 12 ta hududiy elektr tarmoqlari korxonalari aksiyadorlarining qо‘shma umumiy yig‘ilishidagi sanoq komissiyasi tarkibi va a’zolarini tasdiqlash.
2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga 12 ta hududiy elektr tarmoqlari korxonalari qо‘shib olinayotganligi munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ustaviga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish va Ustavni yangi taxrirda tasdiqlash.