ELEKTR UZATISH TARMOQLARI VA TRANSFORMATOR PUNKTLARI REKONSTRUKSIYA ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlariga asosan "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" АJ tomonidan olib borliayotgan amaliy ishlar iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash bilan o’z ifodasini topmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyatining eng chekka hududlaridan biri, Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh Tuproqqal’a tumanining “Oxunboboyev” mahallasida jami 21 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 5 dona yangi transformator punkti ta'mirlandi va yangidan qurildi.
Bundan tashqari elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini rekonstruksiya qilish ishlari bugungi kunda jadallik bilan olib borilmoqda.
"Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" АJ tomonidan viloyat aholisini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash borasidagi ishlar viloyatimizning barcha hududlari bo’ylab davom etadi.
"Xorazm HETK" АJ matbuot xizmati.