ALOQA UCHUN

XАTIRCHI TUMАNI: DАSTURLАR IJROSI АMАLDА

XАTIRCHI TUMАNI: DАSTURLАR IJROSI – АMАLDА

Bugun har kungidanda belni mahkamroq bogʼlab xalq xizmatiga shaylangan "Navoiy HETK" АJ xodimlari har daqiqani gʼanimat bilib, joylarda elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlariga kirishmoqda.

Jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish maqsadida viloyatning Xatirchi tumani А.Navoiy mahallasida ham elektr taʼminotini yaxshilash borasida amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Mahalla hududidagi mavjud transformator punktlarining yukini yengillatish maqsadida qoʼshimcha 4 dona transformator punkti, 517 dona yangi temir-beton tayanchlari oʼrnatilib, 21 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli yangi havo elektr uzatish tarmoqlari tortildi. 

Аmalga oshirilayotgan bu kabi ishlar, eng avvalo, fuqarolarga har tomonlama qulaylik yaratish, ularni bugungi kunidan rozi boʼlib yashashlarini taʼminlashga qaratilgan.

"Navoiy HETK" АJ matbuot xizmati.

  • 15.09.2022
  • 725
Sayt xaritasi