ALOQA UCHUN

SAMARQAND BUGUN YANA DUNYO NIGOHIDA

SAMARQAND BUGUN YANA DUNYO NIGOHIDA

 

Samarqand 15-16-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining 22 sammitiga mezbonlik qilmoqda.

 

Albatta, SHHT sammiti o‘tkaziladigan bino va inshootlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash muhim hisoblanadi. Shu maqsadda “Hududiy elektr tarmoqlari” hamda “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Xususan, Samarqand turizm markazi hududidagi obyektlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 5 ta mobil DES va 12 ta mobil UPS qurilmalari olib kelinib, tarmoqqa ulandi.

 

Sammit oldidan 110-35 kV 30 ta podstansiyalar navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazildi. “Markaziy”, “Sharqiy”, “Afrosiyob” va “O‘zbekiston” podstansiyalaridagi akkumulyator batareyalari to‘liq yangilandi. Shuningdek, 28 ta podstansiya, 169 ta transformator punktlari, 12 ta RP va 156 km. 110 kV, 113 km. 35 kV hamda 256 km. 6-10 kV elektr uzatish tarmoqlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

Bundan tashqari, 7 ta tezkor xizmat ko‘rsatish brigadalari tashkil etilib, ular zarur jihozlar bilan ta’minlandi. 1 ta avtokran va 2 ta qo‘shimcha manupulyator texnikalari jalb qilindi.

 

Tadbir o‘tkaziladigan bino va inshootlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tunu kun mas’ul xodimlarning navbatchiligi tashkil etildi.

“Samarqand HETK” AJ Matbuot xizmati.

  • 14.09.2022
  • 1081
Sayt xaritasi