ALOQA UCHUN

ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTINI BARQARORLASHTIRISH YО‘LIDA

ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTINI BARQARORLASHTIRISH YО‘LIDA

“Sirdaryo HETK” AJ tarkibidagi Oqoltin tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tumanning “Yangi hayot” MFY hududlaridagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida "Obod mahalla" Davlat dasturiga binoan keng kо‘lamli qurilish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda.

Oqoltin tumanining “Yangi hayot” mahallasi hududida 2 km 300 metr masofaga elektr energiyasi yoqotishlari kam bо‘lgan izolyatsiyalangan sim (SIP) havo tarmog‘i qurilib, 1 dona transformator punkti mukammal ta'mirdan chiqarildi. Loyiha yakuniga qadar yana 2 dona zamonaviy transformator punkti о‘rnatish rejalashtirilgan. 

Rekonstruksiya ishlari tо‘liq yakunlangandan sо‘ng 400 dan ortiq aholi xonadoniga elektr energiya yetkazib berish sifati yaxshilanadi.

"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 08.09.2022
  • 841
Sayt xaritasi