"YANGI ZAMIN" MAHALLASIDA YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
""Obod qishloq" va "Obod mahalla" Davlat dasturlarini amalga oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Yangi Namangan tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan aholini yanada sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, "Yangi Zamin" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Bahoriston, Yangi Zamin kо‘chalariga yangi elektr havo tarmog‘i qurish uchun 80 dona temir-beton tayanchlari olib kelinib о‘rnatildi. Hozirda 2,3 km masofaga yuqori va past kuchlanishli SIP kabellari tortish ishlari bajarilmoqda.
Bu kabi ishlar qatorida, ushbu hududda yana qо‘shimcha quvvati 400 kVA bо‘lgan 1 dona yangi zamonaviy transformator punkti olib kelib о‘rnatish rejalashtirilgan.
"Namangan HETK" AJ matbuot xizmati.