ALOQA UCHUN

SIFATNI TA'MINLASH YO'LIDA

SIFATNI TA'MINLASH YO'LIDA

Davlatimiz rahbarining joriy yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi yakunlari bo'yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past bo'lgan makon fuqarolari yig'inlari aniqlanib, ularda bajarilishi lozim vazifalar belgilab olingan edi. Nukus shahrining «Qum ovul» MFY ham shunday 7 ta og'ir hududlar qatoriga kiritildi. Shu kunga qadar mazkur hududda «Qoraqalpoq HETK» AJ tomonidan elektr energiyasi tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha e'tiborga molik ishlar amalga oshirildi.

Ushbu hududda ko'chalar so'nggi yillarda loyihalashtirilayotgani bois elektr uzatish tarmoqlari, asosan, ko'chib kelgan fuqarolarning o'zlari tomonidan tortilgan va hech qanday talablarga javob bermas edi. Prezidentimiz topshirig'idan so'ng MFYda 41,1 km 0,4/6 kV elektr uzatish tarmoqlari yangilandi va bu uchun 450 dona temir-beton ustunlar o'rnatildi. Aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun 6 dona transformator punkti yangidan qurildi.

Shuniyam ta'kidlash joizki, mazkur hudud Qizilqum yonbag'irlarida joylashgan. Bu esa harqanday sohada ish yuritishda biroz qiyinchiliklar paydo etadi. Lekin, shunga qaramasdan, Nukus shahar ETK xodimlari va Qoraqalpog'istonning boshqa hududlaridan yordamga kelgan energiya ta'minotchilari Qum ovul aholisining sifatli xizmatdan foydalanishga bo'lgan haqli talabini qondirish uchun bor kuch va tajribasini ishga solishmoqda.

«Qoraqalpoq HETK» AJ matbuot xizmati.

  • 07.09.2022
  • 790
Sayt xaritasi