ALOQA UCHUN

ISH SAMARADORLIGI YANADA OSHADI

ISH SAMARADORLIGI YANADA OSHADI

Mamlakatimizdagi bunyodkorlik, jo'shqinlikning asosiy sababi, eng avvalo, mustaqillik bergan huquq va erkinlik hamda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan oqilona islohotlar samarasidir, shu jumladan Energetika sohasida ham.  

Davlatimiz rahbarining «2022-2026 yillarda «Obod qishloq» vа «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-172-sonli qarori ijrosi asosida tizimda keng qamrovli ishlar tashkil etilgan. Tabiiyki, ushbu tizimli ishlar ortida qanchadan-qancha mehnat yotadi. Og'ir mehnatni yengillashtirish uchun esa texnika xizmatining ahamiyati kattadir.

Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami arafasida har bir soha qatori «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korхonasi» АJda ham bayram o'zgacha bir sovg'a bilan nishonlandi.

Bayram arafasida, Toshkent shahar hokimining 2022 yil 4 avgustdagi «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korхonasi» АJning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to'g'risidagi 802-14-0-Q/22-son qaroriga asosan Jamiyatning Mehanizasiya va transport xizmati tasarrufiga 4 dona JCB 3DXS rusumidagi yuklovchi ekskavator, 1 dona JCB 3CX rusumidagi gidrobolg`ali yuklovchi ekskavator hamda 1 dona 25 tonnalik avtokran ISUZU olib kelindi. 

Bundan asosiy ko`zlangan maqsad, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korхonasi» Аjning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, elektr energiyasi ta`minotida yuzaga kelayotgan avariya holatlarini tezkorlik bilan o`z vaqtida bartaraf etish hamda ish samaradorligini yanada oshrishdir.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.

  • 07.09.2022
  • 886
Sayt xaritasi