ALOQA UCHUN

“MASH’AL” KICHIK SANOAT ZONALARI YANGI ELEKTR UZATISH TARMOG’IDA YAKUNIY MONTAJ ISHLARI BAJARILMOQDA

“MASH’AL” KICHIK SANOAT ZONALARI YANGI ELEKTR UZATISH TARMOG’IDA YAKUNIY MONTAJ ISHLARI BAJARILMOQDA

So’nggi yillarda tabirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida joylarda tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari tadbirkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Bu bilan, ularning faolyatini erkin yuritishiga, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishlariga hamda qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratishlariga zamin yaratilmoqda. Farg’ona tumanida tashkil etilayotgan “Mash’al” hamda “Yuqori archa” kichik sanoat zonalari shular jumlasidandir. 

Ayni damda “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan mazkur sanoat zonalarini elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida 7,0 kmga yaqin yangi 10 kVli elektr uzatish tarmog’ini tortish ishlari bajarilib, yakuniy montaj ishlari bajarilmoqda.

Ma’lumot o’rnida, loyiha asosida “Mash’al” kichik sanoat zonalari hududga quvvati 1000 kVA bo’lgan yangi transformator punkti olib kelib o’rnatilgan.

Amaliy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muxandislik komunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5101-sonli qaroriga muvofiq bajarilmoqda.

 “Farg’ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 07.09.2022
  • 818
Sayt xaritasi