ALOQA UCHUN

“ZARBAND” NIMSTANSIYASIDA QUVVATI 16000 KV TRANSFORMATOR ISHGA TUSHIRILDI

“ZARBAND” NIMSTANSIYASIDA QUVVATI 16000 KV TRANSFORMATOR ISHGA TUSHIRILDI

Qo‘shrabot tumanidagi “Zarband” 35/10 kV nimstansiyasi orqali tumandagi Chorloq, Qiyqim, Xonnazar, Shovona hamda Qo‘rg‘on mahallalaridagi 4800 ta aholi va 68 ta ulgurji iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilar edi.

Keyingi yillarda iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi oshganligi hamda hududlarda kichik sanoat zonalarining tashkil etilayotganligi sababli mazkur nimstansiyadagi mavjud 6300 kV kuch transformatori o‘rniga quvvati 16000 kV bo‘lgan kuch transformator punkti o‘rnatilib, “Zarband” 110/35/10 kV nimstansiyasiga aylantirildi.

Endilikda amalga oshirilgan ishlar natijasida mazkur hududdagi barcha iste’mochilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi to‘liq qondiriladi.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 06.09.2022
  • 956
Sayt xaritasi