ALOQA UCHUN

QO'RG'ONTEPA TUMANIDA DASTUR DOIRASIDAGI ISHLAR DAVOM ETMOQDA

QO'RG'ONTEPA TUMANIDA DASTUR DOIRASIDAGI ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Joriy yilda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturi doirasida "Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Qo'rg'ontepa tumani, "Yortiboshi" mahalla fuqarolari yig'ini hududiga hozirda 30 dona 10 kVli 20 dona 0,4 kVli temir-beton tayanchlar o'rnatildi. 600 metr uzunlikdagi zamanoviy havo tarmog'i tortildi. Ushbu hududga 1 dona quvvati 100 kVA bo'lgan KTPM, 1000 metrdan ziyod uzunlikdagi havo tarmog'i tortish hamda 10 dona temir-beton tayanchlar olib kelish rejalashtirilgan.

"Bozorboshi" MFY, Mingchinor ko'chasida esa 48 dona temir-beton tayanchlar o'rnatilib, 1000 metr uzunlikdagi SIP kabel havo tarmog'i tortish uchun tayyor holatga keltirildi va bu ishlar natijasida 100ga yaqin xonadonning elektr ta'minoti yaxshilanadi.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 05.09.2022
  • 1259
Sayt xaritasi