ALOQA UCHUN

DASTUR ASOSIDA «AMIR TEMUR» MFYDA AMALIY ISHLAR BAJARILMOQDA

DASTUR ASOSIDA «AMIR TEMUR» MFYDA AMALIY ISHLAR BAJARILMOQDA

«Toshkent shahar ETK» AJ hamda uning tasarrufidagi Mirzo Ulug`bek tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tumanning «Amir Temur» mahallasiga qo`shimcha yangi zamonaviy 2 dona quvvati 630/10 kVA bo`lgan yuqori kuchlanishli transformator olib kelib oʼrnatildi. Ayni vaqtda, ushbu o`rnatilgan transformator punktini ishga tushirish ishlari olib borilmoqda. 

Yillar davomida ushbu mahalladagi mavjud transformator punkti isteʼmolning hamda isteʼmolchilarning ortishi natijasida oʼta yuklama bilan ishlab kelayotgandi. Bu esa qurilmalarning sifatli xizmat koʼrsatishiga salbiy taʼsir koʼrsatayotgandi.

Ma'lumot o'rnida, hududga o`rnatilgan mazkur yangi zamonaviy yuqori kuchlanishli transformator punkti «Amir Temur» mahallasining Amir Temur, O`rta Osiyo trans hamda Sohibqiron ko`chalarida istiqomat qiladigan 200 ga yaqin aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi.

Olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi iste'molchilarni sifatli hamda ishonchli elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.

  • 26.08.2022
  • 752
Sayt xaritasi