“SHODIYONA” VA "YUKSALISH" MAHALLARIGA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA
"Sirdaryo HETK” AJ ishchi-xodimlari tomonidan iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, Davlat dasturlarida kо‘rsatilagan chora-tadbirlarni о‘z vaqtida bajarish maqsadida elektr uzatish tarmoqlarida yangidan qurilish, transformator punktlari quvvatini oshirish ishlari yillik reja asosida davom ettirilmoqda.
Xususan, Yangiyer shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan “Shodiyona” va "Yuksalish"mahallalari hududida 3 km 200 metr masofaga SIP kabellarini tortish ishlari bajarilib, 1 dona 160 kVA quvvatga ega zamonaviy transformator punkti о‘rnatildi. Joriy yilning 3 chorak yakuniga qadar ushbu mahallalarda yana 1 km dan ortiqroq elektr uzatish tarmoqlari hamda 1 dona transformator punkti o’rnatish ishlari yakuniga yetkaziladi.
Rekonstruksiya ishlari yakunlangandan so’ng 800 dan ortiq aholi xonadonlarining elektr ta’minoti yaxshilanadi.
“Sirdaryo HETK” AJ matbuot xizmati.