“YUZLAR” MFYGA YANGI TEMIR-BETON TAYANCHLAR O’RNATILMOQDA
Andijon viloyatida har bir qishloqlardagi aholi xonadonlari tartibga keltirilib, guzarlar obodonlashtirilyapti. Qishloqlardan tanlab olingan og’ir hududlarning elektr energiyasini yaxshilash uchun “Andijon HETK” AJ tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shahrixon tumani “Yuzlar” mahalla fuqarolar yig’inida olib borilayotgan ishlar ayni shular qatorida. Hozirda “Yuzlar” MFYga jami 100 dona temir-beton tayanchlar o’rnatish rejalashtirilgan bo’lib, shundan 49 dona temir-beton tayanch olib kelindi va 20 donasi o’rnatildi. 3 dona transformator punktlari to’la ta’mirlandi, tayanchlardagi salqi simlar tortildi.
“Yuzlar” MFY da joylashgan “Uchamak” ko’chasida 1200 metr uzunlikdagi SIP kabel havo tarmog’i tortilib aholi xonadonlariga ulash uchun tayyor holatga keltirildi.
“Ponsatopi” ko’chasiga esa 10 dona temir-beton tayanch olib kelinib o’rnatildi. Hozirda ushbu hududda ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.
"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.