E'TIBOR «QUMBIZ OVUL» VA «QIZILQUM» MFYLARIGA
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “2022-2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori asosida joylarda qurilish va obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Nukus shahrining «Qumbiz ovul» va «Qizilqum» MFYlariga reja asosida 121 dona temir-beton tayanch ustunlari, 7,6 km elektr uzatish tarmoqlari va 1 dona transformator punkti o'rnatilishi kerak edi, shu kunga qadar temir-beton tayanch ustunlarini va transformator punktini o'rnatish ishlari yakunlangan bo'lib, hozirda SIP kabelli elektr uzatish tarmoqlarini tortish ishlari davom etmoqda.
Bugungi kunda ushbu mahallada ishlar tizimli davom etmoqda. Amalga oshirilgan bu ishlarning samarasini mahalliy aholi vakillari Mustaqillik bayramining 31 yilligi bayramigacha to'liq his qila olishlari mumkin.
«Qoraqalpoq HETK» AJ matbuot xizmati.