YAKKASAROY TUMANIDA MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLRI OLIB BORILMOQDA
«Toshkent shahar ETK» AJ tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalarida aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha keng koʻlamli mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Yakkasaroy tuman elektr ta`minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tumanning «X.Sulaymon» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, TP-1263-sonli transformator punktidan ta`minlanuvchi quvvati 0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻiga 500 metrdan ortiqroq yangi zamonaviy SIP kabel tarmogʻi tortib berildi. Ayni vaqtda, ushbu transformator punktidan taʼminlanuvchi quvvati HL-10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻidagi yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmogʻiga aholini ulash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu loyiha yakuni bilan ushbu MFY hududidagi 200 dan ortiq isteʼmolchilarning elektr taʼminoti yaxshilashga erishiladi.
Bundan tashqari jamiyat mutasaddilari tomonidan xodimlarning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishlari boʻyicha kunlik amaliy ishlardan oldin yoʻriqnomalar oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi poytaxt elektr energiyasi isteʼmolchilarini sifatli hamda ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgandir.
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.