"OBOD QISHLOQ" VA "OBOD MAHALLA" DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-172-son qarori "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturi doirasida yurtimizda keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu jumladan Xo'jaobod tumanida joylashgan Garagura mahalla fuqarolari yig'ini hududida zamonaviy elektr tarmog'i qurish ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda, Kuyuktol ko'chasida sohamiz xodimlari tomonidan 52 ta 0,4 kVli va 20 ta 10 kVli jami 72 dona temir-beton taynchlar o'rnatildi.
Ushbu mahallaga 6300 metr uzunlikdagi havo tarmog'i tortish hamda quvvati 160 kVA bo'lgan 2 dona transformator punkti olib kelib o'rnatish rejalashtirilgan. Bu ishlarni amalga oshirish natijasida 400 dan ortiq aholi xonadonlari sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.
"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.