ALOQA UCHUN

ISTE’MOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA

ISTE’MOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18 martdagi «2022-2026 yillardа «Obod qishloq» vа «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-172-sonli qarori ijrosi yuzasidan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlarda elektr tarmoqlarini taʼmirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Jumladan, Yakkasaroy tuman elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan «H. Sulaymon» MFY Minguzar hududida joylashgan 1263-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarilib, ushbu hududga 3 km dan ortiq yangi zamonaviy SIP kabel tarmogʻi tortib berildi.

Ayni vaqtda, ushbu transformator punktidan taʼminlanuvchi quvvati 0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻidagi yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmogʻiga aholini ulash (montaj) ishlari olib borilmoqda. 

Buning natijasida 300 dan ortiq aholi xonadoni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.

  • 17.08.2022
  • 1140
Sayt xaritasi