ALOQA UCHUN

YANGI TARMOQLAR ISTE’MOLCHILARNI BARQAROR ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLAYDI

YANGI TARMOQLAR ISTE’MOLCHILARNI BARQAROR ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLAYDI

Bugun qaysi bir hududga nigoh tashlamaylik, u yerda qizg'in obodonlashtirish, qurilish jarayonlariga guvoh bo'lamiz. Ushbu o'rinda elektr ta'minoti tizimida amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtab o'tmoqchimiz. Qoraqalpog'istonning barcha shahar va tumanlarida olib borilayotgan qurilish-modernizatsiya ishlari hajmi oldingi yillarga nisbatan sezilarli kengaygan bo'lib, asosiy e'tibor eskirgan va bugungi kun talablariga javob bermaydigan tarmoqlarni va transformator punktlarini almashtirishga va ist'emolchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlashga qaratilgan. Bu ishlar «Hududiy elektr tormoqlari» AJ ma'muriyati tomonidan qo'llab-quvvatlanishi esa jarayonni tezlashtirishga xizmat qilmoqda. Qurilish-tamirlash ishlari uchun kerakli uskunalar Tashkent shahridan peshma-pesh yetkazib berilmoqda. Navbatdagi yetib kelgan materiallar ham hududlarning obod bo'lishi uchun yillar davomida xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil mart oyida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bo'yicha qabul qilingan Qarori asosida shu kunga qadar 33 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida 72,1 kilometr elektr uzatish tarmoqlari, 11 dona transformator punktlari va 3717 dona yangidan temir-beton ustunlari o'rnatildi.

Shu jumladan iyul oyidagi qo'shimcha o'rganishlar natijasida Nukus shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past bo'lgan 8 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida xalqning yashash sharoitlarini yaxshilash bo'yicha zarur vazifalar belgilanib, bugungi kunda ishlar manzilli olib borilmaqta. U yerda elektr energiyasi ta'minoti bilan bog'liq muammolar ham o'rin olgan.

Shu kunga qadar «Qumbiz ovul», «Jayxun», «Juo'azshi», «Jolshilar», «Amudaryo», «Anasay», «Janabazar» va “Uzunko'l” mahalla fuqarolar yig'inlarida elektr tarmoqlarini yaxshilash maqsadida 21,6 km elektr uzatish tarmoqlari yangidan tortilib, 2 dona yangi transformator punktlari o'rnatildi va 637 dona temir-beton ustunlari tiklandi, bu boradagi salmoqli ishlar davom etmoqda.

Hududlardagi ishlar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ma'muriyati tomonidan nazoratga olinib, qurilish-tamirlash ishlari uchun kerakli materiallar Tashkent shahridan o'z vaqtida yetkazib berilmoqda. Hususan, Nukus shahridagi «Og'ir hudud» ro'yxatiga kiritlgan mahallalar uchun 40,6 km Sip-kabellar va elektr uzatish simlari, 10 dona yangi transformator punktlari Toshkent shahridan yetkazib berildi va shu kunlarda ularni urnatish ishlari olib borilmoqda.

Hududlardagi muammolarni bartaraf qilish ishlariga hozirda 11 ta brigada biriktirilgan va ular zarur texnikalar bilan ta'minlangan. Bunday ishlar shaharning jami 15 ta makon fuqarolar yig'inlarida amalga oshirilmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad esa yurtdoshlarimizning bugungi kunidan rozi bo'lib yashashini ta'minlashdan iborat. 

«Qoraqalpoq HETK» AJ matbuot xizmati.

 

  • 16.08.2022
  • 792
Sayt xaritasi