ALOQA UCHUN

“AHILLIK” MAHALLASIGA 630 KVA QUVVATGA EGA BO’LGAN 2 TA TRANSFORMATOR O’RNATILDI

“AHILLIK” MAHALLASIGA 630 KVA QUVVATGA EGA BO’LGAN 2 TA TRANSFORMATOR O’RNATILDI

“Sirdaryo HETK” AJ tomonidan iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi etkazib berish, Davlat dasturlarida kо‘rsatilgan chora-tadbirlarni о‘z vaqtida bajarish maqsadida belgilangan vazifalar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

 

Uzoq qishloq va mahallarda elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurilib, transformator punktlarining quvvatini oshirish ishlari viloyat bо‘yicha davom etmoqda. Mana shunday yangilanishlardan yana biri Guliston tumanining “Ahillik” mahallasida, Guliston tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan 630 kVA quvvatga ega bo’lgan 2 dona transformator punktiga almashtirildi.

Endilikda “Ahillik” mahallasida istiqomat qiluvchi 500 dan ortiq aholi xonadonlari sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan bо‘ldi.

"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.

 

 

  • 15.08.2022
  • 857
Sayt xaritasi