ALOQA UCHUN

RASMIY MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv, 6 massivi, “Avayxon” mahallasida yashovchi aholidan mazkur hududdagi transformator punktidan qо‘shimcha ravishda qо‘shni hududga hech qanday hujjatlarsiz yangi yer osti tarmog‘i tortish ishlari olib borilayotganligi tо‘g‘risida videoxabar tarqaldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Davlat shartnomaviy xizmatlarni rivojlantirish filiali hamda Mirzo Ulug‘bek tuman elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullari tomonidan mazkur masala joyiga chiqib о‘rganildi.

Ma’lum bо‘lishicha, mazkur hududda "System metall stroy" MCHJ tomonidan yangi qurilayotgan xonadonlarni elektr tarmoqlariga ulash yuzasidan qonunchilikka kо‘ra tegishli ruxsatnoma va texnik shart asosida 110/35/10/6 "Qorasu" podstansiyasidan ta’minlanadigan RP "Jasorat"dan chiquvchi 10 kV "Rishton-1,2" elektr tarmog‘dagi mavjud 3654-sonli transformator punktining yuqori kuchlanishi tomonidan loyiha asosida 10  kVli kabel tarmog‘i qurish belgilangan bо‘lib, о‘rnatilgan tartib asosida yer qazish ishlari olib borilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mahalliy aholi bilan bu borada suhbat о‘tkazilib, tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 11.08.2022
  • 1516
Sayt xaritasi