JORIY VA MUKAMMAL TAMIRLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
"Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ Podstansiyalar xizmati xodimlari tomonidan belgilangan yillik reja-grafigi asosida joylardagi podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinib, me’yoriy ishlash holati ta’minlanmoqda. Shuningdek, mutaxassis xodimlar tomonidan sinov va sozlash, rele himoyasi hamda avtomatikasini tekshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi elektr qurilmalari mustahkamligining oshishi kelib chiqishi mumkin bo’lgan talofatli o’chishlarning oldini olinishiga xizmat qiladi.
“Jizzax HETK” AJ matbuot xizmati.