ALOQA UCHUN

O’G’IR HUDUDLAR TARKIBIGA KIRITILGAN MAHALLALARDA ELEKTR ENERGIYASI SIFATI YAXSHILANMOQDA

O’G’IR HUDUDLAR TARKIBIGA KIRITILGAN MAHALLALARDA ELEKTR ENERGIYASI SIFATI YAXSHILANMOQDA

Andijon viloyatida aholi bandligini taʼminlash, kambagʼallikni qisqartirish, hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Hozirgi kunda “Andijon HETK” AJ tomonidan hududlardagi o’g’ir hududlar tarkibiga kiritilgan mahallalarning elektr energiyasi sifatini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Paxtaobod tumanining “Durdiyor” mahallasi og’ir hududlar qatorida bo’lib, hozirda ushbu mahallada yashovchi aholi honadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash uchun jami 57 dona temir-beton tayanchlar hamda 1 dona transformator punkti olib kelib o’rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Bundan tashqari temir-beton tayanchlar uchun har xil turdagi 35 dona travers mahsulotlari olib kelindi. Shuningdek, “Durdiyor” MFY hududida joylashgan 3 dona transformator punkti va 1 km uzunlikdagi havo tarmog’i to’liq taʼmirlandi.

Bu kabi hayrli ishlar, ushbu mahallaning og’ir hududlar tarkibidan chiqishiga sabab bo’ladi.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 11.08.2022
  • 871
Sayt xaritasi