ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ VAKILI XALQARO SAMMIT-KONFERENSIYADA QATNASHDI

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ VAKILI XALQARO SAMMIT-KONFERENSIYADA QATNASHDI

Avval xabar berganimizdek, Qirg‘iziston Respublikasida Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika sohasi ayol mutaxassislarining birinchi xalqaro sammit-konferensiyasi bо‘lib о‘tmoqda.

Anjumanning ikkinchi kunida ishtirokchilar uchun muvaffaqiyatga eltuvchi omillar, ayollarning iqtisodiy imkoniyatini oshirishda yetakchilikning о‘rni, murakkab vaziyatlardan chiqish kabi yо‘nalishlarda seminar hamda treninglar uyushtirildi. Treninglar maxsus taqdimot dasturi, amaliy kommunikativ mashqlar va savol-javob qismlaridan iborat bо‘ldi.

Ushbu sammit-konferensiyada qо‘shni davlatlar ayol-energetiklarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, о‘zaro fikr almashdik. Anjuman doirasida tashkil etilgan seminar-treninglar orqali sohaga oid bilim va kо‘nikmalarimizni yanada oshirib, amaliy mashg‘ulotlar yordamida oila va jamiyatda muvaffaqiyatli ayol modelini yaratish bо‘yicha mashqlar о‘tkazdik, – deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ OAV bilan ishlash xizmati boshlig‘i – Xotin-qizlar masalalari bо‘yicha boshlang‘ich tashkilot raisi S. Ibragimova. – О‘z navbatida, ushbu muhim konferensiyani yuqori saviyada tashkil etgani uchun Qirg‘iziston Respublikasi energetika sanoatidagi ayollar uyushmasi hamda USAIDning “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasiga minnatdorlik bildirib о‘tmoqchiman.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 10.08.2022
  • 881
Sayt xaritasi