ALOQA UCHUN

OBOD BO‘LAYOTGAN MANZILLAR

OBOD BO‘LAYOTGAN MANZILLAR

Pastdarg‘om tumanidagi Yangi sanoat va Turkman mahallalarida “Obod mahalla” va “Obod qishloq” davlat dasturi asosida yo‘l infratuzilmasi, muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, mazkur mahallalarda elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 2 ta yangi transformator punkti va 100 ga yaqin temir beton ustunlari o‘rnatish hamda 5,5 km. uzunlikda elektr uzatish tarmog‘i qurish rejalashtirilgan.


Hozir tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ushbu mahallalarda temir beton ustunlarini o‘rnatish ishlari yakunlandi.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.
 

  • 08.08.2022
  • 733
Sayt xaritasi