XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARIGA RIOYA QILISH – UMR GAROVI
O‘quv seminarida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i M. Egamqulov tadbirda ma’ruza qilib, yig‘ilganlar e’tiborini ekspluatasiya ishlarini bajarishda, xodimlarni ish jarayonida tashkiliy va texnik tadbirlarni bajarmasdan o‘zboshimchalik bilan ish joylarini kengaytirgani oqibatida baxtsiz hodisalar sodir etilayotganliginiga qaratdi.
Seminarda ishtirok etgan «О‘zenergoinspeksiya» Namangan hududiy bо‘limi texnik inspektori O. Isaqov xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, xodimlarning о‘z hayotiga befarq bо‘lmasligi tо‘g‘risida ma’ruza qildi.
О‘quv-seminar sо‘ngida "Xavfsizlik texnikasi kо‘rigi oyligi"da nufuzli о‘rinni olgan xizmat, bо‘lim, SHETK va TETKlar 1-2-3-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Seminar ishtirokchilari о‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
"Namangan HETK" matbuot xizmati.