CHILONZOR TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILDI
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmati xabar berishicha, bugun, 04 avgust kuni soat 00:30 da Chilonzor tumanining Chilonzor 1-, 2- va 3-dahalaridagi «1-Katta Chilonzor» MFY, Arnasoy ko`chalaridagi 7- va 7A-sonli tadbirkorlik sub`ektlariga qarashli kichik korxonalar, «2-Katta Chilonzor» MFY, 24-sonli Oilaviy poliklinika hamda 15-, 16-, 21-, 35-, 36-, 37-, 38-, 39-, 40-, 41-, 42-, 43-, 44-, 45-, 46-, 47-sonli ko`p qavatli aholi yashash xonadonlarining elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar sodir boʻldi.
Tuman hududida joylashgan 35/10/6 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli «Chilonzor» podstansiyasidan chiquvchi fidr uzatmasidan ta`minlanuvchi quvvati 6 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli yer ostidan o`tgan kabel tarmoqlarining shikastlanishi natijasida avariya holatida elektr energiyasi ta'minotida uzilish sodir bo`ldi.
Mazkur nosozlik «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ rahbariyati tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, yuzaga kelgan avariyani bartaraf etish ishlariga kirishildi.
Ayni vaqtda, Chilonzor TETKning tegishli bo‘lim, xizmatlari, tezkor avariyani bartaraf etish brigadalari tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini ko‘rikdan o‘tkazish va nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Hududdagi barcha brigadalar zarur himoya vositalari, zarur elektr qurilmalari hamda maxsus avtotransport vositalari bilan jihozlangan. Tez orada yuzaga kelgan nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi boshlanadi.
Ma'lumot o‘rnida, yuqoridagi elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanuvchi ba'zi hududlarning ta'minoti qo‘shimcha tarmoqlar orqali ta'minlanish choralari ko‘rilayotganligini bildiramiz.
«Toshkent shahar ETK» АJ yuzaga kelgan avariyali holat tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati.