ALOQA UCHUN

ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Jizzax viloyati, Forish tumanining chekka tog'li hududlarida joylashgan “Sayyod” mahalla fuqarolar yig‘inida "Obod qishloq" va  "Obod mahalla" dasturi bo'yicha,  elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tizimli ishlar bajarilmoqda. 

Xususan, ayni paytda hududga olib kelingan yangi SIP kabellarni o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

Hozirgi kunga qadar hududda 50 dona temir-beton ustunlari o'rnatilib, 1 km SIP kabel tarmoqlari yangilangan.

Dasturga ko'ra hududga 145 dona temir-beton tayanch ustunlar o'rnatilishi, 3,4 km 0,4 kVli elektr tarmoqlarini SIP kabellariga yangilash hamda elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida 1 dona transformator o'rnatish nazarda tutilgan.

"Jizzax HETK"  AJ matbuot xizmati.

  • 03.08.2022
  • 1066
Sayt xaritasi