ALOQA UCHUN

“TINCHLIK” MAHALLASINING ELEKTR ENERGIYASI SIFATI YAXSHILANMOQDA

“TINCHLIK” MAHALLASINING ELEKTR ENERGIYASI SIFATI YAXSHILANMOQDA

Xalqimiz tabiatan bunyodkorlikni, yaratuvchanlikni, obodlikni yaxshi ko‘radi. Buni yurtimizning har bir go‘shasidagi odamlarning turmush tarzidan, hayotiy tutumlaridan ham bilsa bo‘ladi.

Ayniqsa hozirgi kunda Muhtaram Prezidentimizning ilgari surayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar misolida yaqqol isbotini ko’rishimiz mumkin.

Xususan, Paxtabod tumanining “Tinchlik” mahallasida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Hozirgi kunda ushbu mahallaga 26 dona temir-beton tayanchlar olib kelinib, o’rnatish ishlari olib borilmoqda. 

Shuningdek, ushbu hududda rejaga asosan 4,2 km uzunlikdagi yangi tarmoq tortish ishlari rejalashtirilgan.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

 

  • 03.08.2022
  • 795
Sayt xaritasi