ALOQA UCHUN

JORIY VA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILMOQDA

JORIY VA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILMOQDA

Quva tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan joylarda elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumanning "Qalinpo’stin" mahalla fuqarolar yig'ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 27–sonli transformator punkti hamda “Xonobod” mahalla fuqarolar yig'ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 126– sonli transformator punkti va undan chiquvchi elektr uzatish tarmoqlari va elektr qurilmalarini mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalar sozligini tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash, elektr uzatish tarmoqlarida salqi sim tarangligini tortish, daraxt shoxlaridan tozalash, nosoz izolyatorlarni yangisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 02.08.2022
  • 1604
Sayt xaritasi