“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ XODIMLARI XORIJDA MALAKA OSHIRISHMOQDA
Ayni kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi” bir guruh xodimlari Janubiy Koreyaning «KT Corroration» kompaniyasida bо‘lib, tajriba almashishmoqda.
Bir hafta mobaynida xodimlar Toshkent shahridagi ma’lumotlarni qayta ishlash markazida о‘rnatilgan dasturiy ta’minot va server qurilmalarini boshqarishda о‘z malakalarini oshirish bilan bir qatorda, “KT Corroration” kompaniyasida mavjud ma’lumotlarni qayta ishlash markazalarida amaliy kо‘nikmalarni ham olishadi.
Ma’lumki, “KT Corporation” kompaniyasi “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi”ning foydalanishga topshirilishida asosiy hamkor hisoblanadi. Xususan, kompaniya tomonidan ushbu markazga Koreya, Xitoy, Singapur va AQSH kabi dunyoning yetakchi davlatlarida ishlab chiqarilgan server qurilmalari olib kelib о‘rnatilgan. Shu sababli о‘tkazilayotgan о‘quv-seminarlardan kо‘zlangan asosiy maqsad ham о‘rnatilgan dasturiy ta’minot va server qurilmalarni boshqarishda bilim va kо‘nikmalarni oshirishdan iborat.
Mutaxassislar dastavval kompaniyaning ma’lumotlarni qayta ishlash markazida bо‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar va о‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Ayni paytda kompaniyaning yetakchi mutaxassislari tomonidan о‘quv-seminarlari davom ettirilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.