ALOQA UCHUN

“FIDOKOR”DA FIDOKORONA MEHNAT QILISHMOQDA

“FIDOKOR”DA FIDOKORONA MEHNAT QILISHMOQDA

Bugungi kunda soha xodimlari tomonidan dastur doirasidagi ishlar hamda joylarda sodir bo’layotgan nosozliklarni bartarf etish jarayonlari bir zum to’htagani yo’q. 

Xususan, Asaka tumanida doimiy tezkor ishchi guruh tashkil qilingan bo’lib, hududlarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni vaqtida bartarf etish bilan bir qatorda manzilli dastur asosida ish olib bormoqdalar.

Hozirda tuman elektr ta’minoti korxonasi zahmatkashlari tomonidan “Fidokor” MFYda yashovchi 80 dan ortiq aholi xonadonlarining elektr energiyasi sifatini yaxshilash uchun ushbu mahallaga quvvati 160 kVA bo’lgan 1 dona transformator punkti o'rnatilib, hozirda aholi xonadonlarini yangi elektr tarmoqlariga o’tkazish ishlari olib borilmoqda.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 28.07.2022
  • 852
Sayt xaritasi