TEMIR YO'L O'TGAN HUDUDDA JOYLASHGAN XONADONLARNING ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kungi “2022-2026 yillarda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-172-sonli qaroriga asosan, Jizzax shahrining "Amir Temur" mahalla fuqarolar yig'inida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Rejaga asosan, “Amir Temur” mahalla fuqarolar yig’ini hududiga 295 dan ortiq yangi temir-beton tayanch o’rnatish, 4,1 km uzunlikda 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlarini SIP kabel orqali yangidan qurish ishlari rejalashtirilgan.
Shu bilan birga yuklama bilan ishlab kelayotgan transformator punktlarining yukini yengillatish maqsadida 2 dona turli quvvatdagi yangi transformator punktlarini o’rnatish ishlari olib boriladi.
Korxona xodimlari tomonidan ayni vaqtga qadar hududda 80 dan ortiq temir-beton tayanch o’rnatish va 1,4 km uzunlikda 0,4 kVli elektr uzatish tarmog’iga kabel tortish ishlari bajarilishi orqali mahalliy iste'molchilarning sifatli elektr energiyasiga bo'lgan talabi qondirilishiga erishilmoqda.
"Jizzax HETK" AJ matbuot xizmati.