OG’IR HUDUDLARNING ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Nukus shahridagi “Amudaryo” mahalla fuqarolar yig‘ini og’ir hududlar ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, mazkur hududda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida shahar elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tizimli ishlar bajarilmoqda. Xususan, ayni paytda hududga olib kelingan yangi temir-beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Hududda amalga oshirilayotgan bu kabi sa'y-harakatlar barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.
«Qoraqalpoq HETK» AJ matbuot xizmati.