“MIROBOD” MAHALLASINING ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA
Avval xabar berilganidek, “Andijon HETK” AJ tarkibidagi Аndijon tuman elektr ta’minoti korxonasi Kuyganyor boʼlimi xodimlari tomonidan “Mirobod” MFY Bunyodkor koʼchasiga jami 28 dona temir-beton tayanch hamda quvvati 100 kVА boʼlgan transformator punkti olib kelib o’rnatish ishlari olib borilayotgan edi.
Hozirda esa ushbu ishlar yakunlanib, yangi o’rnatilgan tayanchlarga 1,600 metr uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortish ishlari olib borilmoqda.
"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati