ALOQA UCHUN

ELEKTR TA'MINOTIDA YUZAGA KELAYOTGAN NOSOZLIKLAR MAXSUS BRIGADALAR TOMONIDAN BARTARAF ETILMOQDA

ELEKTR TA'MINOTIDA YUZAGA KELAYOTGAN NOSOZLIKLAR MAXSUS BRIGADALAR TOMONIDAN BARTARAF ETILMOQDA

Ayni paytda, O'zbekistonda anomal darajada issiq ob-havo o'z hukmini o'tkazyapti. Ma'lumki, havo haroratining anomal isib ketishi natijasida ayrim joylardagi transformator punktlari hamda kabel tarmoqlarida iste'mol yuklamasi ortishi kuzatilib, nosozliklar kelib chiqmoqda. 

«Toshkent shahar ETK» АJ tomonidan elektr tarmoqlaridagi favqulodda holatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida, hududlar bo'ylab tunu kun ishlaydigan avariyaga qarshi maxsus brigadalar tashkil etilgan bo'lib, jamiyatning maʼsul xodimlari tomonidan maxsus texnika va zahira materiallardan foydalangan holda yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko`rilmoqda.

Xususan, Chilonzor tuman elektr ta`minoti korxonasi xodimlari tomonidan hududdagi 110/35/10 kV kuchlanishli «Algaritm» podsansiyasidan ta`minlanuvchi  3704-sonli transformator punktidagi quvvati 250 kVA bo`lgan transformator o`ta yuklanish bilan ishlayotganligi sababli, katta quvvatli (400 kVA) transformatorga almashtirib berildi. 

Eslatib o`tamiz, mazkur RU-10-0,4 kV bo`lgan TP-3704-sonli transformator punkti orqali Chilonzor tumani Algaritm dahasida joylashgan «Guliston» MFYda yashovchi 300 dan ortiq ko`p qavatli aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.

  • 25.07.2022
  • 1296
Sayt xaritasi