DASTUR ASOSIDA “ZARBDOR” MAHALLASINING ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kungi “2022-2026 yillarda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-172-sonli qaroriga asosan, Farg'ona shahrining “Zarbdor” mahalla fuqarolar yig’ini hududida amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Loyihaga ko’ra, “Zarbdor” mahalla fuqarolar yig’ini hududiga 240 dan ortiq yangi temir-beton tayanchlar o’rnatish, 2,4 km uzunlikda 0,4-6 kVli elektr uzatish tarmoqlarini yangidan qurish ishlari rejalashtirilgan. Bundan tashqari hududdagi 35, 46 hamda 640–sonli o’ta yuklama bilan ishlab kelayotgan transformator punktlarining yukini yengillatish maqsadida 2 dona turli quvvatdagi yangi transformator punktlarini o’rnatish ko’zda tutildan.
Mutaxasislar tomonidan ayni vaqtga qadar ushbu hududga 130 dan ortiq temir-beton tayanchlarini o’rnatish va 1,2 km uzunlikda 0,4 kVli elektr uzatish tarmog’iga kabel tortish ishlari bajarilib, belgilangan tartibda amaliy ishlar davom etmoqda. Dastur ijrosi bilan hududdagi 200 dan ortiq xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilanadi.
Ma’lumot o’rnida, “Obod mahalla” davlat dasturi asosida Farg’ona shahrida “Zarbdor” mahallasidan tashqari “Oq-ariq” mahalla fuqarolar yig’inida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Farg’ona HETK” AJ matbuot xizmati.