ALOQA UCHUN

O‘NHAYAT MAHALLASIDA YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

O‘NHAYAT MAHALLASIDA YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

Habaringiz bor, joylarda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" Davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami ortib bormoqda. Birgina Namangan viloyatining o‘zida 2022 yil davomi 28 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida umumiy 85 km masofaga yangi tarmoq qurish ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. 

Jumladan, Uychi tumani "O‘nhayat" mahalla fuqarolar yig‘ini "Sirli", "Chuqurhayot", "Kamolot" ko‘chasida 4,2 km masofaga elektr uzatish tarmog‘ini qurish, 140 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatish rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda mahalla hududiga 120 dona yangi temir-beton tayanchlar o‘rnatildi. Mazkur mahallani, tumandagi 110/10 kVli "Megatekstil" nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Yangiariq" havo tarmog‘i orqali elektr ta’minotiga ega.

"Namangan HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 22.07.2022
  • 823
Sayt xaritasi