"OBOD QISHLOQ" VA "OBOD MAHALLA" DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR QO'RG'ONTEPA TUMANIDA DAVOM ETMOQDA
Respublikamizda aholini turmush tarzini yaxshilanishi uchun olib borilayotgan islohotlardan biri Muhtaram Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan "Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturi doirasidagi ishlardir.
Xususan, Andijon viloyati, Qo'rg'ontepa tumanida joylashgan “Navnihol” mahalla fuqarolar yig'inida dastur doirasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Ushbu mahallaga bir dona quvvati 160 kVA bo'lgan transformator punkti, jami 121 dona temir-beton tayanch hamda 3100 metr uzunlikdagi zamonaviy SIP kabel tarmoqlari tortish rejalashtirilgan bo’lib, hozirda MFY o’ramidagi Yoshlarobod ko'chasiga 44 dona temir-beton tayanch o'rnatildi va 800 metr uzunlikda SIP kabel tarmoqlari tortildi. Endilikda bu ishlar yakunlangangandan so’ng 100 ga yaqin xonadonlar sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.
Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.