ALOQA UCHUN

YUZAGA KELAYOTGAN NOSOZLIK VAQTIDA BARTARAF ETILMOQDA

YUZAGA KELAYOTGAN NOSOZLIK VAQTIDA BARTARAF ETILMOQDA

Shu kunlarda havo haroratining anomal isib ketishi hamda joylardagi elektr uzatish uskunalarida iste’mol yuklamasining ortishi natijasida avariya holatlari yuzaga kelmoqda.

Mazkur avariya holatlarini vaqtida bartaraf etish maqsadida “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi barcha elektr ta’minoti korxonalarida avariyaga qarshi brigada tashkil etilgan. Ular tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari kechayu kunduz olib borilmoqda. 

Xususan, Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari ham elektr uzatish tarmoqlarida sodir bo‘layotgan nosozliklarni vaqtida bartaraf etib kelishmoqda. Shuningdek, korxona xodimlari shahar hududida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida mavjud elektr uzatish qurilmalarini yangilash va modernizasiya qilish ishlarini ham olib borishmoqda.

“Samarqand HETK” AJ Matbuot xizmati.

  • 21.07.2022
  • 951
Sayt xaritasi